15 dan ortiq tilda menyu
O'zbek, rus, ingliz, xitoy, koreys va yana 11 til. Mehmon telefonining tilini avtomatik tanlaydi — ilova shart emas.
O'zbek, rus, ingliz, xitoy, koreys va yana 11 til. Mehmon telefonining tilini avtomatik tanlaydi — ilova shart emas.
Qog'oz menyuning rasmini yuboring. Tizim taomlar va narxlarni o'zi ajratib oladi — qo'lda kiritish shart emas.
Stoldan buyurtma to'g'ridan-to'g'ri oshxonaga. Onlayn stol broni. Hammasi bitta obunada.
Mehmon QR kodni skanerlaydi va menyu uning telefoni tilida ochiladi — 15+ tildan biri, xitoy, koreys va yapon ham bor. Ilova ham, ro'yxatdan o'tish ham kerak emas.
Qog'oz menyuning rasmini yuboring — sun'iy intellekt taomlar, tavsiflar va narxlarni o'zi ajratib oladi.
Mehmon o'zi tanlaydi, buyurtma to'g'ridan-to'g'ri oshxonaga tushadi. Ofitsiant chaqirish va hisob so'rash tugmalari ham bor.
Taomni bir marta yozasiz — qolgan tillarga tarjima o'zi tayyorlanadi. Tarjimon yollash shart emas.
Menyu bilan birga keladigan vositalar. Hammasi bitta panelda, alohida ilova kerak emas.
Taom tayyorlanguncha mehmon menyuning o'zida 8 ta qisqa o'yindan birini o'ynaydi. Hech narsa yuklab olinmaydi, sozlamalarda yoqasiz.

Mehmon menyuda savol beradi — «Vegan taom bormi?», «Qaysi biri achchiq?» — AI sizning taomlaringiz asosida uning tilida javob beradi.
AI har bir taom uchun kaloriya, oqsil-yog'-uglevod va allergenlarni to'ldiradi. Siz tekshirasiz, mehmon o'z tilida ko'radi.

Bir teginishda ulanadigan Wi-Fi QR kodi menyuning o'zida. Parolni har stolga aytib yurish shart emas.
Ofitsiant chaqiruvi, hisob so'rovi, buyurtma yoki bron tushsa — har bir xodimning telefoniga darhol bildirishnoma keladi. Brauzerdan o'rnatiladi, ilovalar do'koni kerak emas.

Buyurtma bergan mehmonlarni ko'rasiz: ism, tashriflar soni, xarajat. Doimiy mijozlaringizni bilib olasiz.
Mamnun mehmonni Google sharh yozishga yo'naltiradi, norozisini esa avval sizga aytadi — emoji baho va NPS bilan.

Menyuning har bir tilida banner va rasm, video yoki YouTube rolikli popup oyna. Sanalarni va qanchalik tez-tez ko'rinishini o'zingiz tanlaysiz.
Nima ko'p ko'rilgan, nima sotilgan, qachon. Bir nechta filial — bitta hisob, bitta brend.

Restoraningiz uslubiga mos shablonni tanlang, ranglarni o'zingiznikiga moslang. Dizayner kerak emas.
Chet ellik mehmon menyuni tushunmasa, u eng arzon taomni tanlaydi yoki umuman buyurtma bermaydi. Menyu uning tilida bo'lsa — o'zi ko'proq buyurtma qiladi. Bitta QR, 15 dan ortiq til — xitoy, koreys va yapon ham bor, tarjimon kerak emas.
Demo menyuni ko'rishBiz. Telegramga qog'oz menyuning rasmini yuborasiz, birinchi menyuni biz tayyorlaymiz — bu bepul.
Yo'q. QR kodni skanerlaydi, menyu brauzerda ochiladi.
Ko'pchilik oladi, lekin hammasi emas. Shuning uchun 2-3 dona qog'oz menyuni saqlab qolishni tavsiya qilamiz — QR ularning o'rnini bosmaydi, yukini yengillashtiradi.
Uzcard, Humo yoki bank kartasi bilan Atmos orqali. Yillik tariflar uchun O'zbekistondagi hisob raqamimizga so'mda bank o'tkazmasi ham mumkin.
Hozircha yo'q. Agar sizga oshxonaga chek chiqarish shart bo'lsa, buni oldindan aytamiz.
Karta kerak emas, shartnoma kerak emas. Bugun ko'rasiz.